Samarqandda yangi sement zavodi ishga tushiriladi

Iqtisodiyot 10:24 / 01.12.2015 5160

Samarqand shahri yaqinidagi "Farhod" shaharchasida kuniga 500 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega ulkan zavodning qurilish ishlari yakunlandi.

Xitoyliklar investitsiyasi (3 mln 345 ming dollar) va "Farhod shifer" MChJ tomonidan ajratilgan 14,5 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilgan bu zavodda Yevropada tayyorlangan uskunalar o‘rnatilgan.

"Samarkandskiy vestnik" nashri ma'lumotiga ko‘ra, "Farhod shifer" MChJ rahbari Ilyos Fattoyev korxonada ishlab chiqarish 2016 yilning birinchi choragida boshlanadi. Ayni vaqtda zavodda xitoylik mutaxassislar jihozlash va montaj ishlarini olib borishmoqda.

Bu loyiha orqali 300ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Biroz avvalroq, O‘zbekistonda ayni vaqtda 8,8 mln tonna sement ishlab chiqarilayotgani, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 2 barobar ortishi haqida ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston bozorida 4ta ishlab chiqaruvchi bor: “Ohangaronsement”, “Bekobodsement”, “Qizilqumsement”, “Quvasoysement”. Ular sementning 90 foizini ishlab chiqarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: