Qirg‘izistonda yong‘oq suti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Iqtisodiyot 17:05 / 30.11.2015 3162

Qirg‘izistonning Jalolobod shahridagi qayta ishlab chiqarish korxonalaridan birida yong‘oq suti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda KirTag nashri kompaniya bosh direktori Abdigapar Kayipovga asoslanib, xabar tarqatgan.

"Biz korxonada montaj va qurilish ishlarini olib bormoqdamiz. 2016 yilning martidan ishlab chiqarishga kirishiladi. Biz Qirg‘izistondagi grek yong‘og‘i dalalarida yetishtirilgan mahsulotlardan sut olishni sinab ko‘rdik. Texnologiyalar Xitoydan keltirilgan", deydi Kayipov.

Uning aytishicha, avvaliga bu ichimlik 4 turda tayyorlanadi. Xususan, shakarli, shakarsiz va kofeli turlari.

"Biz yana 17 turdagi mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz: shaftolili, gilosli, olmali, nokli", degan u.

"Bitta idishdagi yong‘oq sutini 36 somdan sotishni rejalashtirgandik. Lekin dollar ko‘tarilmoqda. Bitta idishda 250 ml ichimlik bo‘ladi. Bugun festivalda bunday ichimlikning 500tasini 50 so‘mdan sotdik", degan Kayipov.

Qayd etilishicha, yong‘oq suti vitaminlarga boy to‘yimli va foydali ichimlik hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: