Qozonda “Uryuk” restorani mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Rossiyaning eng boy odami Alisher Usmonovga tegishli 100 mln rubllik ushbu loyiha milliarderning o‘gay o‘g‘li Anton Vinerga tegishli shu nomdagi tarmoqning 21-muassasasidir.
BusinessOnline ma'lumotlariga qaraganda, “Uryuk” menyusining asosini o‘zbek oshxonasi taomlari tashkil qiladi, shuningdek, Yevropa taomlari ham bor; barcha ovqatlar halol ekanligi ta'kidlanmoqda.
Qozonda o‘zbek taomlarini taqdim etuvchi boshqa muassasalar ham yo‘q emas – “Rubai” nomli 2 restoran, “Humo” va “Registon” restoranlari, P.Love choyxonasi. Shuningdek, “Sultanat”, “Pir” va Love Story restoranlarida ularni boshqa Sharq taomlari menyusidan topish mumkin.