Tehronda Gaz eksportyorlari mamlakatlari forumi sammiti bo‘lib o‘tadi

Iqtisodiyot 10:14 / 23.11.2015 1666

Eron poytaxtida Gaz eksportyorlari mamlakatlari forumi sammitida o‘n mamlakat prezidenti va bir bosh vaziri jam bo‘ladiyu ular gaz bozorida hamkorlik qilishning bazaviy modelini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, davlatlar bozorlardagi vaziyatning kelgusidagi rivojlanish holatini ko‘rib chiqishadi. Forum qatnashchilari dunyo energomuvozanatida gazning o‘rni o‘sishiga, shuningdek, uzoq muddatli shartnomalarning muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirishmoqda. Forum qatnashchilari xalqaro qonunchilik me'yorlari buzilgan holda bir tomonlama sanksiyalarning qo‘llanilayotganidan xavotirini bildirishadi.

Sammitda Rossiya, Eron, Boliviya, Venesuela, Iroq, Nigeriya, Ekvatorial Gvineya prezidentlari, Jazoir bosh vaziri ishtirok etadi. Shuningdek, Ozarbayjon va Turkmaniston prezidentlari mehmon sifatida taklif etilgan. Eronning ShANA agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon va Turkmaniston ushbu forumga a'zo hisoblanmasa ham, ular ulkan gaz zaxiralariga ega. Ular ham forumga a'zo bo‘lsa, ishtirokchilar soni 19taga qadar ortadi.

Ko‘proq yangiliklar: