Rossiya va Qozog‘istonda 10 kilogrammgacha posilka uchun 25 yevro to‘lovi joriy etiladi

Iqtisodiyot 10:42 / 23.11.2015 2095

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ishchi guruhi boshlang‘ich bojsiz internet-savdoni hozirgi 1000 yevrodan 150 yevroga qadar pasaytirish bo‘yicha loyihani ishlab chiqdi, deya yozmoqda «Vedomosti».

YeIK transchegaraviy internet-savdo qoidalarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda: boshlang‘ich bojsiz qiymatni 150 yevro, jo‘natma (posilka)ning umumiy vaznini esa 10 kg ga qadar pasaytirish. Bunda YeIK jo‘natmalar uchun 25 yevro miqdorida limit joriy etishni istamoqda. Belgilangan miqdor oshgani sayin to‘lov ham, bojxona boji ham ortadi.

Qozog‘iston va Belorus YeIK taklifini qo‘llab-quvvatladi, Armaniston esa hozircha o‘z pozitsiyasini ma'lum qilgani yo‘q. Rossiyadagi turli vazirliklar har xil munosabat bildirmoqda. Sanoat va savdo vazirligi vazn me'yorining 10 kg, boshlang‘ich bojsiz miqdorning 150 yevroga qadar kamaytirilishiga qarshi.

Vazir o‘rinbosari Viktor Yevtuxov boshlang‘ich miqdorning 150 yevrogacha pasaytirilishini o‘ta qattiqlik deb atadi. Uning fikricha, avvaliga 500 yevrogaga qisqartirish va natijani kutish kerak. Biroq eng avval to‘lov uchun qulay internet-xizmatini joriy etish lozim. Aks holda xaridor xorijdan mahsulot sotib olishdan voz kechadi.

Aloqa vazirligi esa taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini, biroq bu ishlarning natijasini baholab borish uchun buni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozimligini ma'lum qildi.
Tahlilchilar fikriga ko‘ra, ushbu choralar iste'molchilarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, har bir posilka uchun 25 yevrolik to‘lov noqonuniy kanallarning qaytadan ish boshlashiga olib keladi. Iste'molchilar noqonuniy yo‘lga o‘tib olishadi yoki xorijiy do‘konlardan xarid qilishni to‘xtatadi.

Ko‘proq yangiliklar: