Ayollarning maoshlari erkaklarning daromadlari bilan 118 yildan keyin tenglashadi

Iqtisodiyot 14:53 / 22.11.2015 3225

Ayollar va erkaklarning daromadlari o‘rtasidagi tafovut kamaymoqda, ammo uning sur'atlari shu qadar sekinki, bu ketishda tenglashuv 2133 yilda ro‘y beradi. Bu haqda RBK nashri yozmoqda.
Ayollar rolini oshirish borasidagi ishlar hozircha iqtisodiyot olamida sezilarli o‘zgarishldar yasamadi, deb xabar beradi nashr. Xalqaro iqtisodiy forum mutaxassilari tuzgan Gender Gap Index (GGI) reytingidan ma'lum bo‘lishicha, ayollar va erkaklarning biznes olamida tenglashishini bir asrdan ortiq vaqt kutishga to‘g‘ri keladi.
Ayni paytda erkaklarning dunyo bo‘yicha o‘rtacha daromadi 21 ming dollardir. Oxirgi o‘n yilda ayollar va erkaklarning daromadi o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 3 foizga qisqardi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, bu ketishda ular faqat 118 yildan keyin tenglashadi.

Ko‘proq yangiliklar: