O‘zbekiston biznesdagi soliq yuki bo‘yicha dunyo reytingida 115 o‘rinni egalladi

Iqtisodiyot 11:52 / 21.11.2015 10007

O‘zbekiston 2015 yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 189 mamlakat bo‘yicha tuzilgan biznesdagi soliq yuki bo‘yicha reytingda 115 o‘rinni egalladi. Bunday reyting Jahon banki va PwC auditor kompaniyasi hamkorligida tuzilgan.

Reytingda ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston nomi Trinidat va Tobago hamda Mikroneziya o‘rtasida joylashgan.

Total Tax Rate kompaniyasi modeli bo‘yicha O‘zbekistonda biznesdagi soliq yuki hajmi 41,1 foizga teng bo‘lgan. Dunyo davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 40,8 foizni tashkil qilgan.

Reytingda Rossiya 47 o‘rinda (TTR - 47 foiz) qayd etilgan. Belarus 63 o‘rinda (TTR - 51,8 foiz), Ukraina (TTR - 52,2 foiz), Gruziya 40 o‘rinda (TTR - 16,4 foiz), Moldova 78 o‘rinda (TTR - 40,2 foiz), Armaniston 41 o‘rinda (TTR - 19,9 foiz), Bolgariya 88 o‘rinda (TTR - 27 foiz).

Har yili Jahon banki va PwC audit kompaniyasi Doing Business reytingi bo‘yicha dunyodagi davlatlarning soliq tizimini o‘rganadi.

Bunday reyting tuzilishida soliq to‘lovchilar hajmi, soliqlarni to‘lash muddatlari va soliq imtiyozlari hisobga olinadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: