Goldman Sachs: 2016 yilda dollar yanada mustahkamlanadi

Iqtisodiyot 16:14 / 20.11.2015 6363

Goldman Sachs investitsion banki mutaxassislarining fikricha, 2016 yili AQSh dollari kursi mustahkamlanadi. Rossiya rubli va Meksika pesosi ham mustahkamlanishi mumkin, yevroning qiymati esa tushadi.

2016 yil arafasida investorlar yevro va iyenadagi mablag‘larini dollarga o‘tkazishni o‘ylab ko‘rishi lozim, deb xabar beradi Bloomberg agentligi Goldman Sachs Group tadqiqotiga tayangan holda.

“Federal zaxira tizimi kursi va Yevropa markaziy bankining Yaponiya banki bilan siyosati o‘rtasidagi tafovut 2016 yilning eng sermuhokama mavzularidan biri bo‘lib qoladi. Valyutalar bunday tafovutlarga juda ta'sirchan, va dollarning o‘sishiga qaramay, bizning fikrimizcha, u yevro va iyenaga nisbatan yanada mustahkamlanadi”, - deyiladi investbank bashoratlarida.

Ko‘proq yangiliklar: