2016 yili Qozog‘iston iqtisodiyotining o‘sishi 2.1 foizni tashkil qiladi

Iqtisodiyot 11:35 / 19.11.2015 2259

2016 yili YaIMning nominal hajmi Qozog‘istonda 45 trln tangani tashkil qiladi. Shu tariqa, o‘sish 2.1 foizni tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Kecha parlament quyi palatasida o‘tkazilgan plenar yig‘ilishdagi chiqishida milliy iqtisodiy vaziri Yerbo‘lat Do‘sanov YaIM hajmi 45530.5 mlrd tangani tashkil qilishini,

bu avgustda ma'qullangan ko‘rsatkichdan 1525.3 mlrd tangaga ko‘proqligini, 2020 yilda esa bu ko‘rsatkich yana o‘sib, 63991.5 mlrd tangaga yetishini aytdi.
2016 yilda jon boshiga YaIM 8.6 ming dollarni, 2020 yilda esa 11.5 ming dollarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: