Xitoy Janubiy Koreya va Yaponiya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda 18 noyabr kuni XXR raisi Si Tszinpin Manilada Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasidagi chiqishida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda xuddi shu ko‘rinishdagi bitim Pekin va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolanishi kutilmoqda. “Yil oxiriga qadar Avstraliya va Koreya Respublikasi bilan ham erkin savdo to‘g‘risida kelishuvga erishish ehtimoli bor”, - dedi Si Tszinpin.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Xitoy hamkorlik hamda xorij kapitali uchun ochiqligicha qoladi va yopishga urinishmaydi.