Google aksiyalari narxi rekord darajada o‘sdi

Iqtisodiyot 12:55 / 16.11.2015 2854

Google Inc. kompaniyasining aksiyalari juma kungi savdolarda 16,3 foizga o‘sib, rekord darajadagi 699,62 dollarlik qiymatni tashkil qildi. Kompaniya kapitalizatsiyasi bir urinishda 66,9 mlrd dollarga o‘sdi, deya xabar bermoqda MarketWatch.

Manbaning yozishicha, 13 noyabr kungi savdolar yakunida Google kapitalining umumiy miqdori 478 mlrd dollarni tashkil qilgan.

«Google bozordagi narxi bitta sessiya vaqtida Uoll-strit ro‘yxati bo‘yicha rekord darajaga yetdi Apple Inc. kapitalizatsiyasini ortda qoldirdi», — deyiladi xabarda.

2012 yilning 25 aprel kuni Apple aksiyalarining kunlik o‘sishi 46 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Beshta brokerlik kompaniyalari JPMorgan, Bernstein Research, Nomura Research, Jefferies va Evercore Google`ning keyingi 12 oyda aksiyalar narxi 800 dollargacha chiqishini bashorat qilishmoqda.

Agar aksiyalar qiymati 800 dollarni tashkil qilsa, Google kapitalizatsiya 547 mlrd dollarga yetadi. Natijada Google Apple kompaniyasidan keyin bozor narxida 500 mlrd dollardan oshgan ikkinchi korxona sifatida qayd qilinadi.

Hozirda Apple kapitalizatsiyasi 740 mlrd dollarga baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: