Bloomberg: Rossiya hukumati rublni yana 13 foizga devalvatsiya qilishiga to‘g‘ri keladi

Iqtisodiyot 16:05 / 16.11.2015 6329

Zaxiralari tugashining oldini olish uchun Rossiya hukumati rublni keyingi yil oxiriga yana 13 foizga devalvatsiya qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Bloomberg agentligi Nomura Holdings Inc kompaniyasining hisob-kitoblariga tayangan holda xabar bermoqda.

“Agar rubl yana tushsa, hukumat 2016 yil oxiriga qadar zaxirasiz qolishi mumkin”, - dedi kompaniya tahlilchisi Dmitriy Petrov.
Agentlikning ta'kidlashicha, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga bo‘lgan navbatga urinishga qaramay, Rossiya hukumatining asosiy umidi ilgarigidek neft-gaz eksportiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, u esa, o‘z navbatida, zaif rubldan manfaatdordir.

Milliy valyutaning qadrsizlanishi Rossiya energetik sektoridagi buromadni qoplaydi. 2015 yili neft o‘rtacha 22 foizga, rubl esa 12 foizga tushdi, shu bois byudjyet kamomadini qoplash uchun hukumat rublning zaiflashishini kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: