General Motors Meksikadagi ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 800 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 12:13 / 14.11.2015 2140

Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi General Motors (GM) Meksikada ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 800 mln dollar mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda korporatsiya direktori Meri Barra General Motors’ning Lotin Amerikasidagi 80 yillik ishtiroki yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tgan.

Investitsiya Chevrolet markasi ishlab chiqarishning yangi qurilish liniyasiga ajratiladi. Mamlakat rahbari ushbu rejaga munosabat bildirar ekan, “Meksikaga kiritish va Meksika bilan birga rivojlanish”, deb aytib o‘tdi. U 2014 yilning dekabrida GM Meksikadagi o‘z zavodlarini rivojlantirish maqsadida 5 mlrd dollar mablag‘ ajratishni rejalashtirganini eslatib o‘tdi.

Meksika prezidenti Penya Netoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish 15 yil oldingiga qaraganda 80 foiz, eksport hajmi esa 90 foizga oshgan. Ichki bozordagi savdo hajmi esa shu davrga kelib 60 foizga ko‘tarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: