Chexiya bosh vaziri: YeI Turkiyaga 3 mlrd yevro ajratadi

Iqtisodiyot 09:18 / 13.11.2015 2357

Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari Valettada o‘tkazilgan norasmiy uchrashuvda Turkiyaga 3 mlrd dollar ajratish borasida kelishuvga erishdilar. Bu haqda jurnalistlarga Chexiya bosh vaziri Boguslav Sobotka ma'lumot berdi.

“Mablag‘ 2 yil davomida ajratilib, mamlakatdagi qochqinlarga yordam berish maqsadlariga sarflanadi”, - tushuntirdi u.

Shuningdek, u noyabr oyi oxiriga qadar YeI-Turkiya sammiti o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
Unda YeI tomonidan Anqaraga ko‘rsatiladigan yordam masalasi uzil-kesil hal qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: