Bosh vazir: Qirg‘izistonda har bir tadbirkorning sarmoyasi saqlanishi kafolatlanishi kerak

Iqtisodiyot 21:54 / 13.11.2015 2465

"Qirg‘izistonda har bir tadbirkor o‘z sarmoyasining ishonchli yo‘naltirilishi kafolatiga ega bo‘lishi kerak", deydi Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev hukumat yig‘ilishida.

Uning aytishicha, "biznes jannati" yaratish Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifasi hisoblanadi. U vazirliklar ham tashqi ham ichki sarmoyadorlar uchun jozibali biznes sharoitlari barpo qilinishi kerakligini ta'kidlagan.

"Ish yaxshi kechishi uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak", deydi vazir.

"Barcha tartibga solish va nazorat qilish organlari audit va biznes hisobotlarini soddalashtirish uchun islohotlar o‘tkazishi lozim. Shaxsiy mulkka qonundan tashqari aralashuv holatlari qat'iy jazolanishi ta'minlanishi kerak. Bu vazifalar ijrosini ta'minlash bosh vazirning Iqtisod va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Oleg Pankratov zimmasiga yuklatiladi. Siz 2 hafta mobaynida xususiy mulk va investitsiyalarni himoya qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqib, taklif kiritishingiz kerak", deydi Sariyev.

Ko‘proq yangiliklar: