Andijon viloyatida yangi sement zavodi quriladi

Iqtisodiyot 20:44 / 13.11.2015 5867

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududida xitoylik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda yangi sement zavodi quriladi. Ushbu loyihaga 140 mln dollar yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. "Pravda Vostoka" nashri xabariga ko‘ra, bu loyiha orqali buloqboshiliklarning 1100 nafari ish bilan ta'minlanadi.

Ma'lum qilinishicha, zavod maydoni 107 ga bo‘ladi va zavod 300ta sement tashuvchi texnika bilan ta'minlanadi. Bu zavodda kuniga 5 ming tonna sement tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga tashish uchun temir yo‘llardan foydalanish nazarda tutilgan.

Biroz oldinroq, O‘zbekistonda yiliga 15 turdagi 7 mln tonna sement ishlab chiqarilayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek, keyingi yili Turkiya kompaniyasi Surxondaryoda 225 mln dollarga yangi sement zavodi qurishi ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: