Qirg‘izistonda yangi islom banki ochiladi

Iqtisodiyot 10:31 / 12.11.2015 3198

Qirg‘izistonda islom bankingi prinsiplari asosida ishlovchi yangi moliyaviy muassasa tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat milliy banki xabar berdi.

Kecha “Islom moliyasi: global intilishlarga javob” mavzuidagi xalqaro moliyaviy konferensiya davomida milliy bank raisi To‘lqunbek Abdig‘ulovning Islom taraqqiyot banki prezidenti Ahmad Muhammad Al al-Madaniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ular Qirg‘iziston iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, bankning Bishkekdagi vakolatxonasi ochish masalasini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv davomida islom bankingi prinsiplari asosida ishlaydigan bank tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: