Saudiya quyosh energetikasini rivojlantirishga 109 mlrd dollar tikadi

Iqtisodiyot 13:25 / 10.11.2015 3391

Saudiya Arabistoni 2040 yilga qadar uglevodorod yoqilg‘isidan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda mamlakat TIV matbuot xizmati. Matnda ko‘rsatilishicha, gaz, neft va ko‘mirning o‘rnini butunlay muqobil energiya manbalari egallashi kutilmoqda.

Shu maqsadda muqobil energiya manbalari, avvalo quyosh energetikasini rivojlantirishga 109 mlrd dollar ajratilishi aytilmoqda.
Rejaga muvofiq, 2040 yilga kelib quyosh stansiyalari hisobiga 41 gigavatt elektr ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: