XVJ: Fors ko‘rfazi davlatlari byudjyetlari 2015 yilda 275 mlrd dollar yo‘qotadi

Iqtisodiyot 00:07 / 09.11.2015 4500

Fors ko‘rfazi davlatlari yalpi ichki mahsuloti o‘sishi neft narxining tushishi sababli 2015 yilda 3,2 foizgacha pasayadi, bu davlatlar byudjyetlari 275 mlrd dollar ziyon ko‘radi, ularning defitsiti 12,7 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagard 8 noyabrda Qatarda bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi yig‘ilishidagi nutqida aytib o‘tdi.

Lagardning aytishicha, ushbu mintaqa davlatlarining YaIM o‘sishi 2015 yilda 3,2 foizgacha va 2016 yilda esa 2,7 foizgacha kamayishi prognoz qilinmoqda.

Biroq bu davlatlarda yaratilgan “bufer jamg‘armalar” (zaxira jamharmalari) “daromadga oid siyosatga birdaniga tuzatish kiritish zaruratidan qochishga” va davlatlar tomonidan o‘z zimmasiga olingan ijtimoiy vazifalarni bajarishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Fors ko‘rfazi davlatlariga neft bozoridagi eng yirik ishtirokchilar –Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: