Walt Disney kompaniyasi moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi

Iqtisodiyot 15:55 / 06.11.2015 4011

Ko‘ngilochar mahsulotlar sanoatidagi eng mashhur AQSh kompaniyasi sanalgan The Walt Disney Company to‘rtinchi moliyaviy chorak davomida o‘zining sof daromadi miqdorini 7,3 foizga o‘stirib, moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e'lon qilingan press-relizda ma'lum qilingan.

«Kompaniyaning 3 oktabrgacha bo‘lgan muddatda to‘plagan sof daromadi 1,61 mlrd dollarni, yoki aksiyalar hisob-kitobiga ko‘ra 0,95 dollarni tashkil qildi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,5 mlrd dollar, yoki har bir aksiya qiymatiga hisoblaganda 0,86 dollarni tashkil qilgandi», — deyiladi kompaniya hisobotida.

The Walt Disney Co. korxonasining turli xil faktorlarni hisobga olmaganda 1,2 mlrd dollarni har bir aksiya qiymatiga ko‘ra 0,89 dollar yillik daromadni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: