Ekspert: dollar Qozog‘istonda 400 tangaga yetadi

Iqtisodiyot 14:32 / 06.11.2015 7678

Qozog‘istondagi moliyaviy vaziyat yanada yomonlashib, milliy valyutaning dollarga nisbatan kursi ko‘tarilishda davom etishi mumkin. Ekspertlar yaqin orada 1 dollar 400 tangaga ko‘tarilishini kutmoqda. Bu haqda iqtisodchi Maqsat Serali aytib o‘tdi.

“Dollar o‘sishiga kelsak, o‘sishning ham ma'lum chegarasi bor, - dedi u AlmatyNews portali bilan suhbatda. – Agar Milliy bank tangani qo‘llab-quvvatlashga pul ajratayotgan bo‘lsa, bu biz o‘sha chegaraga yetib bormadik va dollar o‘sishda davom etadi degani”.

“Dollarning bozor qiymati 300 tangadan oshiq, bu shubhasiz, - so‘zida davom etdi mutaxassis. – Shu bois dollar 300dan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Qabul qilsa bo‘ladigan narx koridori – 360-400 tanga. Boshqa masala shundaki, 380-400 tangalik kursni ushlab tursa bo‘ladimi? Va qancha muddat? Bir yilmi? Ikki yilmi? Afsuski, bu savollarga hozircha javob yo‘q, negaki biz xalqaro iqtisodiy vaziyatni va neft narxini boshqara olmaymiz”.

Ko‘proq yangiliklar: