AQSh Ukrainaga 1 millard dollarlik uchinchi transhni taqdim etadi

Iqtisodiyot 10:31 / 06.11.2015 2640

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali suhbatda Kiyevga poraxo‘rlikka qarshi kurash va soliq islohotlarini o‘tkazish uchun 1 milliard dollarlik uchinchi transhni taqdim etishga va'da berdi, deya xabar qilindi Amerika ma'muriyati rahbari saytida.

Vitse-prezident Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga kredit ajratishga tayyor ekanini qayd etib o‘tdi. Bu mablag‘lar poraxo‘rlikka qarshi kurashda tergov va sud jarayonlarini kuchaytirish hamda mamlakatda Jahon valyuta fondi dasturlariga mos keluvchi soliq islohotlarini o‘tkazishda kafolat bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlanmoqda.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bir necha mavzularda suhbatlashib, iqtisodiy islohotlar, poraxo‘rlikka qarshi kurash tashabbuslari, shuningdek, Minsk shartnomasi to‘g‘risida muzokaralar olib borgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: