Toyota’ning yarim yillik sof daromadi 11.7 foizga oshdi

Iqtisodiyot 15:13 / 05.11.2015 2408

Toyota Motor Corp avtokonsernining 2015-2016 moliyaviy yili birinchi yarmidagi sof daromadi 1.32 trln iyenani (10.937 mlrd dollar) tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlariga nisbatan 11.7 foizga oshdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy hisoboti orqali ma'lum qilindi.

Bitta aksiyaga hisoblaganda daromda 397.75 iyenani (3.29 dollar) tashkil qildi. 2014 yildagi ko‘rsatkich – 355.91 iyena.
Sof tushum 5.2 foizga oshib, 14.091 trln iyenaga (116.75 mlrd dollar) yetdi. Operatsion daromad 17.1 foizga oshib, 1.583 trln iyenani (13.115 mlrd dollar) tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: