Xitoy “Xorgos” infrastrukturasini rivojlantirishga 600 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 12:41 / 04.11.2015 2363

XXR Qozog‘istonning “Xorgos-Sharq darvozalari” logistik industrial zonalari infrastrukturasini rivojlantirishga 600 mln dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda “Transport logistikasini rivojlantirish markazi” AJ direktori o‘rinbosari Abdurrashid Sakenov brifing chog‘ida ma'lum qildi.

“Bu XXR bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida yo‘naltiriladigan investitsiyalardir, - dedi Sakenov. – Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tszyansu viloyatidan yo‘naltiriladi. Bu bizning Janubi-Sharqiy Osiyoga darvozamizdir. Bugungi kunda bu investitsiyalar ikki zonaga – erkin industrial zonaning logistik va industrial zonalariga yo‘naltirilishini rejalashtirmoqdamiz”.

Ko‘proq yangiliklar: