Jahon banki Markaziy Osiyoda iqlim barqarorligiga 38 mln dollar yo‘naltiradi

Iqtisodiyot 14:07 / 04.11.2015 2311

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 3 noyabr kuni Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish dasturining birinchi bosqichiga 38 mln dollar mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi.
Bank matbuot xizmatining xabar qilishicha, mintaqaviy dasturning birinchi fazasi doirasida Tojikistonga 9 mln, O‘zbekistonga 14 mln dollar ajratiladi. Yana 15 mln dollar mintaqaviy faoliyatni amalga oshirishga sarflanadi. Ikki yil davomida dasturga mintaqaning boshqa davlatlari ham qo‘shiladi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad mintaqaviy hamkorlikning ustunlik jihatlaridan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda samarali foydalanishdir. Jahon bankining “Issiqlikni kamaytiring: yangi iqlimiy me'yorga qarshilik ko‘rsatish” hisobotida ta'kidlanishicha, O‘rta Osiyo davlatlarida butun dunyo bo‘yicha o‘rta ko‘rsatkichga nisbatan havo isishi ancha kuchliroq bo‘ladi. Agar dunyo bo‘ylab o‘rtacha havo harorati 4 darajaga o‘ssa, mintaqada bu ko‘rsatkich 7 darajani tashkil qilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: