Vladislav Filev «Transaero»ni sotib olishni istamadi

Iqtisodiyot 07:49 / 03.11.2015 2493

S7 guruhi («Sibir» va «Globus» aviakompaniyalari birlashuvi) asoschisi va bosh direktori Vladislav Filev «Transaero» aviakopmaniyasining nazorat paketini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoridan chiqdi. Bu haqda uning hamkori Natalya Fileva ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, S7 bilan shu masalada muloqot o‘rnatgan “Transaero”ning eng yirik aksioneri Aleksandr Pleshakov yetalrli darajada aksiya paketiga ega emas. Shuningdek, “Transaero” bilan bog‘liq muammolar bu savdoning amalga oshmasligiga sabab bo‘ldi.

20 oktabr kuni tomonlar (Aleksandr Pleshakov va Vladislav Filev) kompaniyaning 51 foiz aksiyasi sotilishi bo‘yicha kelishuv boshlagandi.

Qayd etish kerakki "Transaero" bankrotlik yoqasida turibdi (qarzlari 250 mlrd rubldan ortiq). "Aeroflot" 2 sentabrda "Transaero"ning 75%+1 ta aksiyasini sotib olgan va aviakompaniya yo‘lovchilari oldida barcha majburiyatlarni bajarish javobgarligini o‘z zimmasiga olgan. Rossiya hukumati 1 oktabrda "Transaero" aviakompaniyasini bankrot deb tan olinishi haqida qaror chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: