Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonga 858 mln dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 10:17 / 03.11.2015 1798

Osiyo taraqqiyot banki va donor mamlakatlar Afg‘onistonda infratuzilmalar rivoji uchun 858 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Hama Press agentligi xabar tarqatgan.

Ushbu sarmoyalar ajratilishi haqida Afg‘oniston moliya vaziri o‘rinbosari Mustafo Mastur va Osiyo taraqqiyot banki rahbari Takexiko Nakaoning Filippinda o‘tkazilgan uchrashuvi vaqtida ma'lum qilingan.

Afg‘oniston moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu yordam mablag‘lari 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Bu mablag‘lar mamlakatning iqtisodiy o‘sishi, energetika sohalari rivojlanishi, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilish maqsadidagi qurilish ishlarini bajarish uchun sarflanadi.

Ko‘proq yangiliklar: