Qashqadaryoda ayni paytga qadar 40 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg‘arildi

Iqtisodiyot 19:11 / 02.11.2015 2433

Qashqadaryo viloyatida qish va bahor oylari uchun 8 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arish va saqlash “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasining hududiy savdo bazalari zimmasiga yuklangan.

O‘zA nashrining xabariga ko‘ra, ayni paytga qadar qish-bahor mavsumi uchun 40 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg‘arildi.

Qashqadaryo viloyatida noyabr oyining oxiriga qadar 17 ming 660 tonna kartoshka, 11 ming 557 tonna piyoz, 8 ming 664 tonna sabzi, 3 ming 882 tonna karam, 8 ming 143 tonna meva, 4 ming 762 tonna poliz mahsulotlari, 4 ming 775 tonna guruch, 1 ming 917 tonna dukkakli don zaxirasini yaratish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: