O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 3 noyabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 38 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 692,13 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 9 so‘m 36 tiyinga arzonlashib 2 973,13 so‘mni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda pasaydi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 1 so‘mu 42 tiyinga arzonlashib, 41 so‘m 82 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.