HSBC bankining daromadi tahlilchilarni hayratda qoldirdi

Iqtisodiyot 13:57 / 02.11.2015 3848

Yevropaning eng yirik banki bo‘lmish HSBC uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra daromadning sezilarli darajada o‘sganini xabar qildi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, bu sudgacha bo‘lgan jarima va kelishuvlarga ajratiladigan xarajatlarning qisqartirilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, operatsion xarajatlar ham qisqargan.

HSBC Holdings Plc’ning soliqqa tortilguniga qadar bo‘lgan foydasi 6.1 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu yil muqaddam bu ko‘rsatkich 4.6 mlrd dollarga teng bo‘lgan edi. Bu tahlilchilar kutganidan ko‘ra katta ko‘rsatkichlardir.

Ko‘proq yangiliklar: