Qirg‘izistonda qimizdan qilingan muzqaymoq sotila boshladi

Iqtisodiyot 11:44 / 30.10.2015 3337

Qirg‘izistonda birinchi marta qimizdan tayyorlangan muzqaymoq sotuvga chiqarildi. Bu haqda ushbu mahsulotni ishlab chiqara boshlagan kompaniya vakili Ermek Musuraliyevga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

“To‘rt kun muqaddam biz sotuvga mutlaqo yangi retsept bo‘yicha tayyorlangan qimizli muzqaymoq chiqardik. Bir necha hafta oldin biz uni tayyorlashga harakat qilib ko‘rgan edik. Degustatsiya chog‘ida odamlar uning ta'mini yaxshi baholashdi, shu bois sotuvga chiqarildi. Qimizdan bo‘lgan muzqaymoqning ta'mi biroz taxirroq bo‘ladi.

Ammo taxirlikni yaxshi ko‘ruvchilar ham, ularga mahsulotimiz yoqadi”, - ta'kidladi Musuraliyev.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozircha qimizli muzqaymoq xaridorlarni taajjubga solmoqda, negaki hali bunday mahsulot bozorga birinchi marta chiqarilishi.

Ko‘proq yangiliklar: