"Volgaburmash" O‘zbekiston bozorida o‘z ulushini ikki baravar oshiradi

Iqtisodiyot 14:16 / 29.10.2015 3077

Rossiyaning "Volgaburmash" korxonasi ushbu yilda O‘zbekistonga eksportini ikki martadan ziyodga oshirmoqchi. Bu haqda korxona vakili Sputnik nashriga xabar bergan.

Uning so‘zlariga qaraganda har yil korxona O‘zbekistonga 4-5 million dollarlik mahsulot yetkizib beradi. Kelasi yilda ushbu ko‘rsatkichni 10-15 million dollarga yetkizish ko‘zda tutilgan.

Korxona O‘zbekistonga uglevodorodlar qazib olish quduqlari uchun turli xil burg‘ulash iskanalari yetkizib beradi. O‘tgan yili 3,5 ming dona turli xil iskanalar yetkazib berilgandi. Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, respublikadaga “O‘zbekneftgaz” korxonalarini asbob-uskuna bilan ta'minlaydigan “O‘ztashqineftgaz” korxonasi bilan bir necha yildan beri amal qilayotgan shartnoma bor.

“Sohaning yetakchi korxonalari bo‘lgan – Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari bilan aloqa o‘rnatish rejalashtirilgan. Bizning uskunalarimiz Xitoynikiga qaraganda, bir qator imtiyozlarga ega, o‘ylaymanki, bu albatta o‘zbekistonlik hamkorlarni qiziqtiradi,” – dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston bozoriga chiqish uchun hozir juda qulay vaqt, chunki rublning qadri tushib ketishi va dollar narxi oshishi Rossiya mahsulotlarining raqobatbardorligini sezilarli darajada oshirdi. Boshqa mamlkakat mahsulotlarining narxi oshgan paytda, bizning narxlarimiz pasaydi, dedi kompaniya vakili.

Ko‘proq yangiliklar: