Hindiston Afrika davlatlari uchun 10 mlrd dollar kredit ajratadi

Iqtisodiyot 16:28 / 29.10.2015 2870

Hindiston Afrika mamlakatlari uchun kredit sifatida 10 milliard dollar va yordam sifatida 600 million dollar mablag‘ taqdim etadi. Bu haqda Afrika-Hindiston sammitidagi chiqishi vaqtida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ma'lum qilgan.

"Keyingi 5 yil davomida Afrikadagi hamkorlarimizga imtiyozli asoslarda 10 milliard dollar kredit ajratamiz. Shuningdek, 600 million dollar mablag‘ni beg‘araz yordam sifatida beramiz", deydi Modi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida afrikalik talabalarga Hindistondagi oliygohlarda o‘qish uchun 50 ming grant taqdim etiladi.

Afrika-Hindiston sammiti forumi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tmoqda (26 oktabrda ochilgan). Unda Afrikaning 54 mamlakatidan kelgan vakillar ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: