Qozog‘iston va Yaponiya o‘rtasida 1.5 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi

Iqtisodiyot 11:27 / 28.10.2015 2199

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Qozog‘istonga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkaziladigan Qozog‘iston-Yaponiya biznes-forumida umumiy qiymati 1.5 mlrd dollarga teng jami 14 hujjat imzolanadi.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti huzuridagi markaziy kommunikatsiyalar xizmati sayti orqali xabar qilindi. Investitsiyalar va rivojlanish vaziri Asat Isekeshevning ma'lum qilishicha, forum doirasida bir qancha qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.

Xom ashyo sektorlari hamda uran qazib olish va qayta ishlash sohasidagi an'anaviy hamkorlikdan tashqari, sanoat sohasi, transport logistikasi, innovatsiya va qishloq xo‘jaligi sektorlaridagi aloqalar ham ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: