Italiya vino ishlab chiqarish bo‘yicha Fransiyadan ildamlab ketdi

Iqtisodiyot 23:08 / 28.10.2015 2985

Italiya joriy yilda xalqaro miqyosda vino ishlab chiqarish borasida Fransiyadan ilgarilab ketdi. Bu haqda Xalqaro uzumchilik va vino ishlab chiqarish tashkiloti ma'lum qilgan. Tashkilot joriy mavsumdagi dastlabki natijalarni e'lon qildi.

Mutaxassislarning iqror bo‘lgan baholariga muvofiq Italiyada vino ishlab chiqarish 2015 yil xulosalariga ko‘ra, 10 foizga, 48,9 mln gektolitrga oshgan. Fransiyada esa bu ko‘rsatkich 47,4 mln gektolit va 1 foizni tashkil etmoqda. Uchinchi o‘rinda esa 36,6 mln gektolitr va 4 foizlik natija bilan Ispaniya bormoqda.

Butun jahon bo‘yicha 2015 yilgi natijalarga ko‘ra, 270,7-280,7 mln gektolitr vino ishlab chiqarilgan. Bu jahon bo‘yicha 2 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Ayrim davlatlar hali o‘zlarining statistikalarini namoyish etishganicha yo‘q. Masalan, vino ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda 8-12 o‘rinlarda boruvchi Xitoy va Rossiya.

Ko‘proq yangiliklar: