Apple`ning choraklik sof daromadi 2014 yildagiga qaraganda 30 foizga ortdi

Iqtisodiyot 10:29 / 28.10.2015 1797

Apple korporatsiyasi moliyaviy yilning to‘rtinchi choragida ko‘rsatkichlarning rekord darajada o‘sgani haqidagi hisobotni e'lon qildi.

Chorak davomida kompaniya kirimi 51,5 mlrd dollar, sof daromad esa 11,1 mlrd dolarni tashkil etdi. O‘tgan moliyaviy yilda bu ko‘rsatkich 42,1 mlrd va 8,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shunday qilib, bir yil ichida pul tushumi hajmi 22,3 foiz, sof foyda —30,6 foiz, aksiyalardan daromad esa 38 foizga oshdi.

Kompaniya yalpi foydasi ham 2014 yil to‘rtinchi choragidagi 38 foizdan 39,9 foizga qadar o‘sdi. Chorak mobaynidagi Apple xalqaro savdosi daromadlarning 62 foizini tashkil etdi.

Apple mazkur o‘sishlarni yangi iPhone smartfonlari, Apple Watch “aqlli” soatlari savdosining oshgani, rekord darajada sotilgan Mac`lar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi daromadlar bilan bog‘lamoqda.

“2015 yil Apple uchun barcha davrlar (mavjud bo‘lganidan buyon)dagi eng omadli bo‘ldi, daromadlar 28 foizga ortib, 234 mlrd dollarga yetdi”, - deya qayd etdi kompaniya rahbari Tim Kuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyat “yer yuzidagi eng yaxshi va innovatsion mahsulotlar”ni yaratishga erishish natijasida qo‘lga kiritildi. 

Ko‘proq yangiliklar: