XVJ Saudiya Arabistoni g‘aznasining tez orada bo‘shab qolishidan ogohlantirmoqda

Iqtisodiyot 06:51 / 27.10.2015 10101

Yaqin 5 yil ichida neft narxining pastligi tufayli Saudiya Arabistoni byudjyet tanqisligining tez o‘sishi muammosiga duch keladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.    

2015 yilda uglevodorodlarga narxlarning pasayishi tufayli Yaqin Sharq davlatlari 360 mlrd dollar yo‘qotdi, deb ta'kidlanmoqda XVJda. Yangi sharoitlarda bu mintaqa davlatlari xarajatlarni qisqartirib, zaxiradagi mablag‘lardan foydalanishga majbur bo‘ladi.  

Dunyoda neft qazib oluvchi eng yirik davlat bo‘lgan Saudiya Arabistoni neft narxi bir barreli 106 dollar bo‘lganda barqaror byudjyetga ega bo‘lishi mumkin. Jamg‘arma tahlilchilarining fikricha, qirollik g‘aznasi neft narxi 50 dollar bo‘lgan sharoitga 5 yilgina bardosh bera olishi mumkin.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni g‘aznasiga tushadigan 90-95 foiz daromad energiya tashuvchilarning eksportidan olinadi. Mamlakatda 2015 yilga rejalashtirilgan tushum 190 mlrd dollarni, chiqim esa 229 mlrd dollarni tashkil qiladi.  

Ko‘proq yangiliklar: