Xitoyning yirik sanoat korxonalari daromadi 677.7 mlrd dollarga tushib ketdi

Iqtisodiyot 12:24 / 27.10.2015 2780

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari orasida Xitoyning yirik sanoat korxonalari daromadi 677.7 mlrd dollarga tushib ketdi. Bu haqda XXR davlat statistika qo‘mitasining seshanba kuni chop etilgan hisobotida aytildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 1.7 foizga pasaydi.
Xitoy sanoatining 41 yo‘nalishidan 30tasi daromad tushishi, 11tasida esa o‘sishi kuzatildi. Eng muvaffaqiyatli yo‘nalishlarga neftni qayta ishlash va koks kimyosi sanoati, shuningdek, yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi korxonalar aylandi. Neft-gaz va ko‘mir sanoatida esa eng kuchli pasayish kuzatildi.

Ko‘proq yangiliklar: