Eriell O‘zbekistonda 60ta neft va gaz qudug‘i qaziydi

Iqtisodiyot 12:10 / 27.10.2015 9248

Eriell xalqaro neftservis guruhi, O‘zbekistonning Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi joylashgan neft konlarida 63ta yangi qazib olish qudug‘i qurish tenderida g‘olib chiqdi. Bu haqda “O‘zneftegazqazibchiqarish” AK vakili Sputnik nashriga ma'lumot bergan.

Oldinroq “O‘zbekneftegaz” AK 2016-2018 yillarda mamlakatning janubi va sharqida joylashgan, ishlab turgan neft konlariga 486 million dollar sarmoya kiritishi haqida xabar berilgan edi. Xususan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan, umumiy narxi 480 mln dollar bo‘lgan, 63ta yangi qazib olish qudug‘i qurish tenderi e'lon qilingan edi.

Loyha shu qatorda, Andijon, Qashqadaryo va Curxondaryo viloyatlarida joylashgan 40 neft quduqlarida, yer qatlamini radial yorishni ham ko‘zda tutgan. Ushbu ishlarning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil qiladi.

“O‘zbekneftegaz” oldinroq 2015-2019 yillarda O‘zbekistonning neft va gaz sohasini rivojlantirish loyhasini ishlab chiqqandi. Ushbu loyhani amalga oshirish 2020 yilga kelib mamlakat shartli yonilg‘i zaxiralari hajmini 468,7 mln tonnaga (365 mlrd kubometr tabiy gaz gaz va 31,7 mln tonna suyuq yonilg‘i) yetkazishi kerak.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda "O‘zbekneftegaz" MXK qazib olish quvvati yiliga 70 mlrd tonna gaz va 8 mlrd tonna suyuq uglevodorod mahsulotlarini tashkil qiladi. Oxirgi ikki yil mobaynida qazib olingan uglevodorod mahsulotlari hajmi e'lon qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: