“O‘zbekneftgaz” Qashqadaryo viloyatidagi gaz konini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani yakunladi

Iqtisodiyot 20:59 / 27.10.2015 2223

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Qo‘ltoq” gaz konini modernitsaziyalash bo‘yicha loyihani o‘z yakuniga yetkazdi. Bu haqda 27 oktabrda chop etilgan O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi materiallarida ma'lum qilindi.

Loyihada “Pomuq” gazni siqish kompressor stansiyasini modernizatsiya qilish va gazni kompleks tayyorlash qurilmasini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan edi.

Sputnik nashrining ma'lum qilishicha, o‘rnatilgan yangi texnologik qurilma o‘rta muddatli istiqbolda gaz bosimining plast energiyasi kamayib ketishi sharoitida bu yerda gaz olishni 1 mlrd kub metrga oshirib beradi.

52 mln dollarlik loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining shaxsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

“Qo‘ltoq” koni o‘tgan asrning 80-yillaridan beri ekspluatatsiya qilib kelinadi. “O‘zbekneftgaz” quvvatlari yiliga 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorodlar olishni ta'minlash imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: