Afg‘oniston Rossiyadan qurol olmoqchi

Iqtisodiyot 17:24 / 26.10.2015 5103

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Moskvaga murojaat qilib, ularga artilleriya, o‘qotar qurol va Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berishni so‘radi.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. Aytilishicha, rasmiy Kobul AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlarining asosiy qismini mamlakatdan olib chiqib ketishi munosabati bilan Rossiyaga murojaat etishga majbur bo‘lmoqda.

2010-2011 yillarda xorijlik harbiy xizmatchilar miqdori 100 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda Afg‘onistonda ularning miqdori 10 ming kishi bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, rasmiy Vashington ko‘rsatayotgan moliyaviy yordamning sezilarli darajada kesilgani ham Afg‘onistonga o‘zini muvaffaqiyat bilan himoya qilishga to‘siq bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: