2015 yilning 9 oyida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 34,6 foizga oshdi

Iqtisodiyot 16:49 / 26.10.2015 3917

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yil sayin oshib, 56 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda, deb yozadi Davlat statistika Qo‘mitasi matbuot xizmati.

Manbaning yozishicha, so‘nggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi oshib bormoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 34,6 foizgacha (2014 yilning 9 oyligida – 31,1 foiz), qishloq xo‘jaligida – 98,5 foizgacha (98,3 foiz), chakana savdo aylanmasida – 86,8 foizgacha (86,3 foiz), xizmatlar sohasida – 54,7 foizgacha (49,3 foiz), pullik xizmatlar hajmida – 49,3 foizgacha (47,0 foiz), yuk tashish hajmida – 49,4 foizgacha (47,4 foiz), yo‘lovchi tashish hajmida – 87,9 foizgacha (85,4 foiz) va bandlikda – 77,5 foizgacha (77,1 foiz) o‘sdi.

Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining ichki investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki ham sezilarli ravishda oshib bormoqda. Xususan, shu yilning 9 oyi davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 9538,6 mlrd.so‘m investitsiyalar kiritildi (Respublika bo‘yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 33,5 foizi) yoki 2014 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 113,0 foizga o‘sdi. Shuningdek, 12188,1 mlrd.so‘m qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 64,6 foizi) yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,5 foizga o‘sdi.

Ko‘proq yangiliklar: