“Transaero” aviakompaniyasi o‘z faoliyatini yakunladi

Iqtisodiyot 10:47 / 26.10.2015 2158

Rossiya Transport vazirligi Havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) tomonidan sertifikati bekor qilingani sababli “Transaero” aviakompaniyasi 2015 yilning 25 oktabridan o‘zining operatsion faoliyatini to‘xtatdi.

Tashuvchining operatsion boshqaruvini zimmasiga olgan “Aeroflot” yoki boshqa aviakompaniyalar “Transaero” yo‘lovchilarini 15 dekabrga qadar o‘z manzillariga eltish bilan shug‘ullanadi. Undan keyingi muddatlar uchun xarid qilingan aviachiptalar pullari egalariga qaytariladi.

“Ayni vaqtda “Transaero” tomonidan 1,925 mln dona aviachipta sotilgan bo‘lib, shu paytgacha 1,825 kishi “Aeroflot” samolyotlarida tashildi. Bu esa muomalaga chiqarilgan chiptalarning 95 foizi demakdir.

15 dekabrga qadar “Transaero” aviakompaniyasi reyslariga chiptalarni oldindan xarid qilgan yana 100 241 nafar yo‘lovchini manziliga yetkazish qoldi”, - deyiladi “Aeroflot” matbuot xizmati xabarida.
“Kompaniya aviaparki bilan mazkur havo kemalari egalari hisoblangan lizing kompaniyalari shug‘ullanadi”, - deya xabar berdi TASS “Transaero” matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.

Ko‘proq yangiliklar: