Amerikalik besh nafar aksioner 1 kunda jami 10 mlrd dollar ishladi

Iqtisodiyot 16:29 / 24.10.2015 6217

Besh nafar amerikalikning umumiy mablag‘i bir kun ichida jami 10 milliard dollarga ortdi. USA Today gazetasida ma'lum qilinishicha, ular birjadagi kotirovkalarning birdaniga o‘sib ketishi orqali boyliklarini yanada orttirib olishgan.

Ma'lum qilinishicha, mablag‘ning katta qismi Amazon kompaniyasi asoschisi va egasi Jyeff Bezos hissasiga to‘g‘ri keladi. Uning firmasi aksiyalarining birjadagi aylanmasi 6,2 foizga o‘sishi natijasida uning shaxsiy aktivlari 2,91 milliard dollarga qimmatlashdi.

Undan keyingi o‘rinni Google kompaniyasi asoschilari Lerri Peyj va Sergey Brin egalladi. 23 oktabr kuni aksiyalarning qimmatlashuvi Peyjga 2,48 milliard, Bringa 2,42 milliard dollar foyda keltirgan.

Bill Geyts esa Microsoft kompaniyasi aksiyalarining aylanmasi 10 foizga o‘sgani evaziga daromadlarini 1,12 milliard dollarga orttirib oldi.

Shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerburg shu kuni 1,07 milliard dollarga boyidi.

Ko‘proq yangiliklar: