XVJ O‘zbekiston gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga yo‘naltirganini muvaffaqiyatli deb atadi

Iqtisodiyot 20:10 / 23.10.2015 5479

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekiston YaIMning 2016 yildagi o‘sishi bashoratini 7 foiz darajasida qoldirdi. Bunga uzoq muddatli gaz yetkazib berish Rossiyadan Xitoyga o‘z vaqtida yo‘naltirilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda 23 oktabr kuni e'lon qilingan mintaqa siyosati istiqbollariga oid hisobotda so‘z yuritilgan, deb xabar qildi "Gazeta.uz" nashri.

«O‘zbekiston haqida so‘z ketganda tabiiy gazning Rossiyadan ko‘proq pul to‘laydigan Xitoyga yo‘naltirilgani xalqaro bozorda uglevodorodlar bahosining kamayishi o‘rnini qoplaydi», — dedi XVJ ekspertlari.

2015 yilda O‘zbekiston YaIM, hukumat kutayotgan darajada 8 foiz emas, 6,8 foiz o‘sadi, deydi XVJ mutaxassislari.

Pulning qavdrsizlanishi bir oz pasayishi va kutilgan 9,7 foiz o‘rniga 9,2 foiz bo‘lishi mumkin. 2014 yilda narx-navo 8,4 foiz o‘sdi. Joriy operatsiyalar hisobi 2015-2016 yillarda mos ravishda 0,2-0,3 foiz bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilda 1,7 foiz bo‘lgan edi.

Jamg‘arma tahlilchilarining fikricha, agar pul kursining Rossiyadan pul ko‘chirmalari bilan bog‘liq pasayishi turg‘un inflyatsiya bosimiga olib kelsa, hukumat pul-kredit sohasini tartibga solish uchun qat'iy choralar ko‘rishga majbur bo‘lishi ham mumkin.

O‘zbekiston hukumati o‘rta muddatda iqtisodiyotga davlat mablag‘larini sarflashni ko‘paytiradi, bu qisman Rossiyadagi investitsiya faolligi pasayishi bilan bog‘liqdir, deyiladi hisobotda.

Ko‘proq yangiliklar: