Microsoft smartfonlari sotilishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 54 foiz pastladi

Iqtisodiyot 16:36 / 23.10.2015 2324

Umumiy faoliyat ko‘lamidagi yaxshi natijalarga qaramay, Microsoft kompaniyasining smartfonlar sotuvidagi bir necha oydagi ko‘rsatkichi 54 foizga tushib ketdi. Bu haqda Engadget nashri xabar tarqatmoqda.

Bunday vaziyatga kompaniyaning mobil aloqa tizimidagi strategiyasini o‘zgartirishi sabab bo‘lgan. O‘tgan chorak davomida kompaniya juda kam miqdorda smartfonlar sotgan. Flagman smartfonlar sifatida qaralayotgan Lumia 950 va 950 XL keyingi chorak boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

Yoz davomida Microsoft asosan o‘rtacha va arzon narxlardagi telefonlarni sotishni kuchaytirdi. Bu kabi qurilmalar esa raqobatchi kompaniya modellariga qaraganda e'tiborni kamroq jalb qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Microsoft kompaniyasi o‘zining ilk noutbuklari Surface Book`ni ommaga taqdim qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: