Jyek Dorsi Twitter kompaniyasi aksiyalarining 1 foizini o‘z xodimlariga taqdim etadi

Iqtisodiyot 15:43 / 23.10.2015 2477

Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbari Jyek Dorsi o‘zining hamkasblariga kompaniyaning 1 foiz aksiyasiini taqdim etmoqchi. Bu haqda u mazkur tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.

«Men o‘z aksiyalarimning uchdan bir qismini (kompaniyaning roppa-rosa 1 foizi) o‘z hamkasblarimga taqdim etmoqchiman», — deya yozib qoldirgan Dorsi.

Eslatib o‘tamiz, Jyek Dorsi doriy yilning oktabr oyidan boshlab Dik Kostolo o‘rniga kompaniya rahbari lavozimiga tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: