Apple Xitoyga “toza” energiya ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 11:54 / 23.10.2015 1762

Apple kompaniyasi qayta tiklanuvchi manbalardan energiya olish uchun Xitoyga o‘z texnologiyalarini sarmoya sifatida kiritadi, deya xabar qildi kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali. Korporatsiya Xitoyning shimoliy, sharqiy va janubiy qismlarida yangi quyosh tizimlarini o‘rnatishga sarmoya kiritadi. Ular tomonidan 200 megavatt energiya ishlab chiqariladi.

Bu esa yiliga 265 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlashga yetadi.
Shuningdek, Apple kelgusi besh yil davomida Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan sanoat maqsadlari uchun ikki gigavatt quyosh, shamol va gidroenergetika energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha elektr stansiyalari qurilishi sohasidagi loyihalarda hamkorlik qiladi.

Foxconn kompaniyasi Chjenchjoudagi Apple zavodida iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish uchun 2018 yildan 400 megavatt quyosh energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan energetika fermasini bunyod etadi.

Ko‘proq yangiliklar: