3-chorakda Kia Motors’ning sof daromadi 16 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 12:44 / 23.10.2015 1675

Janubiy Koreyaning Kia Motors mashinasoz kompaniyasining 2015 yil 3-choragidagi soy daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16.3 foizga tushib ketdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 657 mlrd vonani (581 mln dollar) tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda 550 mlrd vonaga (487 mln dollar) tushib ketdi.

Kompaniyaning hisobotida ta'kidlanishicha, 9 oylik daromad 14 foizga qisqarib, 2.19 trln vonani (1.94 mlrd dollar) tashkil qilgan.
Shu bilan birga, operatsion daromad 19.6 foizga oshib, 678 mlrd vonani (600 mln dollar) tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: