Xitoy reteyleri jahonning eng qadimgi o‘yinchoq do‘konini sotib oladi

Iqtisodiyot 17:12 / 22.10.2015 2963

Xitoyning C.banner International Holdings Ltd. reteyleri 154,2 mln dollar evaziga dunyodagi eng qadimgi o‘yinchoq do‘koni bo‘lmish Britaniyaning Hamleys o‘yinchoq do‘konini sotib oladi.

Gonkongning ayollar poyafzali sotuvi bilan shug‘ullanuvchi C.banner kompaniyasi Britaniyaning 255 yillik tarixga ega Hamleys o‘inchoq do‘konini sotib olayotgani haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Xitoy yetakchisi Si Tszinpin mana shu hafta Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrif buyuradi. Hamleys do‘konining sotib olinishi uning tashrifi doirasida amalga oshishi mumkin bo‘lgan yagona investitsion kelishuvdir. Reuters ning ma'lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarning umumiy qiymati 46 mlrd. dollar bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: